gotquestions.online

"Uzuklar hukmdori" trilogiyasini suratga olishga taxminan 300 mln dollar sarflangan. Film budjetining deyarli yarmini kompyuter maxsus effektlari tashkil etdi. Agar rejissyorning topqirligi boʻlmaganida, ular yanada koʻproq mablagʻni tashkil etishi mumkin edi. Gap shundaki, oddiy orklar — Zulmat hukmdori Sauronning xizmatkorlari — oʻzlarining uruk-xay birodarlaridan ancha past boʻyliligi bilan ajralib turishgan. Har bir orkni xobbitlar kabi kompyuter yordamida kichraytirish juda qimmatga tushar edi. Bu muammo qanday hal qilingan?

Manba