"Uzuklar hukmdori" kinotrilogiyasida ijodkorlar tomonidan koʻplab xatolarga yoʻl qoʻyilgan. Faqat bir sahnaning oʻzida sinchkov tomoshabinlar naqd toʻrtta xatoni payqashgan. Bularning barchasiga ushbu juftlikning kerakli darajada grim qilinmagani sabab boʻlgan. Ushbu juftlikni uchta soʻz bilan ayting, ulardan ikkitasi atoqli ot boʻlsin.