O'tgan asrning 30-yillarida mashhur limonad ishlab chiqaruvchi Mitrofan Lagidze rahbariyatga chaqirtiriladi. U o'z mahsulotini ishlab chiqarishda qandaydir maxfiy texnologiyadan foydalanganlikda ayblanadi. U buni rad etishga muvaffaq bo'ladi. Bir necha yildan so'ng u yana chaqirtiriladi va mish-mishlarni butunlay yo'q qilish uchun u limonadni bevosita rahbarning ko'z o'ngida tayyorlaydi va do'kondan sotib olingani bilan solishtirishni so'raydi. "Hech qanday farqi yo'q", — deydi degustator. Va tabassum bilan qo'shib qo'yadi: "Hech qanday sir ham yo'q". Degustator kim edi?