Duplet. Har biri 30 soniyalik muhokamadan iborat ikkita savol. Javoblar bitta blankada topshiriladi. Dupletning birinchi savoli: Sovet ilmiy-fantastik romanida old qismi ulkan dazmol kabi ishlaydigan U tasvirlangan. UNI ikki oʻzakli soʻz bilan ayting. Dupletning ikkinchi savoli: Jeyms Akaster hazillashishicha, kecha oxirida aytilgan va hamma-hammani jim qolishga majbur qiladigan ibora — UNING teskarisidir. UNI inglizcha soʻz bilan ayting.
1. Muz yorar (ledokol). 2. Aysbreyker (icebreaker).