Duplet: har biri 30 soniyadan muhokama qilinadigan ikkita savol, javoblar bitta blankada topshiriladi. 1. Mimikriya qobiliyati rivojlangani tufayli UNI ba’zan atrofdagi suvo‘tlardan ajratish deyarli imkonsiz. UNI chiziqcha (defis) ishlatib ayting. 2. Dupletning birinchi qismidagi faktni sharhlar ekan, savol muallifi suvo‘tlar to‘plamini UNGA qiyosladi. UNI bir xil harf bilan boshlanadigan ikki so‘z bilan ayting.