Duplet. Birinchi savol muhokamasi uchun 30 soniya, ikkinchisi uchun 20 soniya. 1. Bir asrdan koʻproq vaqt oldin bir nemis oilasi uyini sotib Gamburgga ketadi, biroq biroz vaqt oʻtgach oila oʻz ona shahriga piyoda qaytishga majbur boʻladi. Ushbu hikoya keltirilgan maqola ALFAGA bagʻishlangan. ALFANI bir soʻz bilan ayting. 2. 70-yillarda AQSHdagi vending avtomatlarida ichi boʻsh saqichli sharchalar sotila boshladi. Bir maqolada bu BETANING gʻayritabiiy namunasi sifatida keltirilgan. BETANI bir soʻz bilan ayting.