Duplet. Har biriga 30 soniyadan muhokama vaqti beriladigan ikkita savol. Dupletning har ikki qismida ALFA soʻzi bitta soʻzni almashtirib keladi. 1. ALFA polaponlari baʼzan ilon vishillashiga oʻxshash tovushlar chiqarib, yirtqichlarni haydaydi. ALFAni bir soʻz bilan ayting. 2. ALFAning tirnoqlaridan biri tishli boʻlib, taroqni eslatadi. Savol muallifining muvaffaqiyatli haziliga koʻra, ALFA foydalanishdan keyin bu tirnoqni unda BOʻSHLIQ qolmasligi uchun tozalaydi. Toʻrtta tushirib qoldirilgan soʻzdan dastlabki ikkitasini yozing.