Duplet. Har biri 30 soniyadan ikkita savol. Javoblar bitta blankada topshiriladi. Ushbu duplet savollarida biz bir harf bilan farq qiladigan so‘zlarni tushirib qoldirdik. Dupletning birinchi savoli: 1881-yilda mashhur bir inson Gollandiyaning Etten qishlog‘idagi dehqonlar faqat bema’ni yakshanba kiyimlarida BIRINCHI BO‘SHLIQqa rozi bo‘lishayotganini afsus bilan yozgan edi. BIRINCHI BO‘SHLIQni to‘ldiring. Dupletning ikkinchi savoli: Bir muallifning so‘zlariga ko‘ra, Chexov kasbi shifokor bo‘lgani uchun gaplardagi so‘zlarni diqqat bilan IKKINCHI BO‘SHLIQqa harakat qilgan. IKKINCHI BO‘SHLIQni to‘ldiring.
1. pozirovka qilish (pozalarda turish). 2. dozirovka qilish (me’yorlash).