Duplet. Har biri 30 soniyadan muhokama qilinadigan ikkita savol. Javoblar bitta blankada topshiriladi. 1. Omadliroq boʻlmagan doʻstining BIRINCHI ISHNI QILAYOTGANINI koʻrgan Anton Chexov: «Bozorda kichik oʻlchamli etikni xuddi shunday tortib kiyishadi!» — deb piching qilgan. «BIRINCHI ISHNI QILISH» iborasi bilan qaysi ikki soʻzni almashtirdik? 2. Chexov hikoyasi qahramonining soʻzlariga koʻra, koʻpchilik raqobatchilar xaridorlarni jalb qilish uchun mukofotlar haqida IKKINCHI ISHNI QILADILAR, xaridorlarga esa bunday qarmogʻichlar bepul taklif etiladi. «IKKINCHI ISHNI QILISH» iborasi bilan qaysi ikki soʻzni almashtirdik?