Diqqat, savol-duplet. Har biriga 30 soniyadan muhokama vaqti beriladi. 1. Savolda BOʻSHLIQ boshqa bir necha soʻzning oʻrnini bosadi. Yevropalik sarguzashtchi Jorj Salmanazar oʻzini Osiyodagi Formoza oroli aholisi deb tanishtirgan. Ishonchsiz tinglovchilarning mantiqiy savoliga Salmanazar baʼzi Formoza uylarida BOʻSHLIQ deb javob bergan. 2001-yilgi asarda tasvirlangan uyda ham BOʻSHLIQ. Ushbu ASARNI uchta soʻz bilan ayting. 2. Savolda “SHUNDAY QILISH” soʻzlari boshqa bir necha soʻzning oʻrnini bosadi. Salmanazarning soʻzlariga koʻra, Formozada xiyonat uchun jazo sifatida er SHUNDAY QILISH huquqiga ega boʻlgan. 1997-yilgi asarda qahramon buni oʻzi emas, doʻstlari yordamida SHUNDAY QILGAN. Ushbu asarni uchta soʻz bilan ayting.