Duplet. Har biri uchun 30 soniyadan muhokama qilinadigan 2 ta savol, javoblar bitta blankada topshiriladi. Ushbu dupletning ikkinchi savoli birinchisidan aniq yomonroq ekanini sezish mumkin. 1. Bir muqobil tarixiy ssenariyda mamlakat islohotlar oʻtkazishga va Yaqin Sharqni yana oʻziga boʻysundirishga muvaffaq boʻladi. Bu ssenariyda mamlakatni U deb atashadi. Biz “U” soʻzi bilan qaysi uchta soʻzni almashtirdik? 2. Birinchi “U” deb ataladigan inson, bir kuni mahalliy aholi palma barglaridan oʻziga xos mushketlar yasayotganini koʻrib qoladi. Biz “U” soʻzi bilan qaysi ikki soʻzni almashtirdik?
1. Yevropaning sogʻlom odami. 2. Yevropaning kashandasi.