Diqqat, qora quti! Duplet. Har biri 30 soniyalik muhokamadan iborat ikkita savol. Javoblar bitta blankada raqamlar ostida yoziladi va bir daqiqa tugagach topshiriladi. Ikkala javob ham qora quti ichida. 1. «Nikkerboker shifoxonasi» seriali voqealari 20-asr boshlarida AQSHda boʻlib oʻtadi. Serial qahramoni kuchli narkotik xumori paytida shisha idishlar qidirib chiqindixonaga boradi. QAYSI ICHIMLIK idishini qidirib? 2. Serialning boshqa epizodida tadbirkor taniqli shifokorga oʻz ismini balzam reklamasi uchun ishlatishni taklif qilib, boshqa bir ichimlikni misol qilib keltiradi. USHBU ICHIMLIKNI ayting.