Diqqat, duplet savol. Ikkita savol, har birini muhokama qilish uchun 30 soniyadan vaqt beriladi. Javoblar bitta blankada topshiriladi. BIRINCHI BOʻSHLIQ va IKKINCHI BOʻSHLIQ soʻzlari bir-biridan faqat bitta soʻz bilan farq qiladigan soʻz birikmalarini almashtirib kelmoqda. 1. “Chegara bilmas shifokorlar” tashkiloti, jumladan, qurolli mojarolar zonalarida ham faoliyat yuritadi. Sotuvidan tushgan foydaning bir qismi ushbu tashkilotga oʻtkaziladigan atir “Rose of [Rouz of] BIRINCHI BOʻSHLIQ” deb ataladi. BIRINCHI BOʻSHLIQni tiklang. 2. 2016-yilda “IKKINCHI BOʻSHLIQ” yaratuvchisi foydalanuvchilar bir sutka ichida Yer yuzida mavjud boʻlganidan koʻra koʻproq turlarni kashf etganliklarini maʼlum qildi. IKKINCHI BOʻSHLIQni tiklang.