Diqqat, blits. Har biri 30 (oʻttiz) soniyalik muhokamadan iborat uchta savol, blits savollariga javoblar bitta javob kartochkasida topshiriladi. 1. USHBU film nafaqat bir vaqtlar mashhur boʻlgan janr oʻlmaganligining ishonchli isboti boʻldi, balki Akademiya tomonidan ham yuqori baholandi. Film Serjio Leone va Don Sigelga bagʻishlov bilan ochiladi. USHBU filmni ayting. 2. USHBU film qahramoni dahshatli halokat paytida nafaqat omon qoldi, balki jarohat ham olmadi. Filmning boshqa bir qahramoni kam uchraydigan Osteogenesis Imperfecta kasalligi tufayli shishaga qiyoslanadi. USHBU filmni ayting. 3. Film ijodkorlari 30-yillardagi poyezdni tiklay olishmadi, shuning uchun mashhur otishma sahnasi temir yoʻl stansiyasi zinapoyasiga koʻchirildi. USHBU filmni ayting.