gotquestions.online

[Boshlovchiga: blits savollari orasidagi vaqt taqsimotiga eʼtibor bering va muqaddimani albatta oʻqib eshittiring.] Blits. Muhokama vaqti oʻzgaruvchan boʻlgan uchta savol: birinchisiga 25 soniya, ikkinchisiga 15 soniya va uchinchisiga 20 soniya. Tarqatma material faqat blitsning ikkinchi qismiga tegishli. 1. Oʻn toʻqqizinchi asrning 70-yillari boshida oʻtkazilgan sinovlarga yoʻlni kesib oʻtayotgan arava oʻzgacha effekt qoʻshdi. Aravakash boshqaruvni yoʻqotib, oʻzi uchun eng xavfli pallada yiqilib tushdi. Ushbu sinovlarni oʻtkazgan shaxsni ayting. 2. "Thunderbolt" qoʻshigʻida BU narsa cholgʻu asbobi sifatida ishlatilgan. BUNI ixtiro qilgan shaxsni ayting. 3. 1951-yilda U Tomsk universiteti fizika-matematika fakultetini tamomlagan. Oʻzining ijodiy kredosini U "odamlarga nur ulashish" deb taʼriflagan. UNING gʻayritabiiy ismini yozing.

Manba