Duplet. Har biri 30 soniyadan muhokama qilinadigan ikkita savol. 1. Dupletning birinchi savoli. Yanada sharqiyroq boʻlgan analogidan farqli oʻlaroq, U chapdan oʻngga oʻqiladi. U — masalan, «Bumbarday tezak tergani bordi». UNI ohangdosh ikkita soʻz bilan nomlang. 2. Dupletning ikkinchi savoli. Boʻlajak regbi oʻyini haqida gapirar ekan, Pol Nishou Fiji terma jamoasi kuchsizlanganini, shuning uchun raqib muxlislari final hushtagidan keyin ehtiros bilan UNI raqsga tushishlarini yozadi. UNI ohangdosh ikkita soʻz bilan nomlang.