Duplet. Har biri uchun 30 soniyadan muhokama vaqti beriladigan ikki savol. 1. Aytishlaricha, bir kuni Lester Pelton tomorqasini sugʻorayotib, shlangni yaqinlashib kelgan sigirning boshiga qaratgan va suv oqimi uning kosa shaklidagi burun teshiklariga urilgan. Aynan Pelton zamonaviy koʻrinishdagi birinchi UNI ixtiro qilgan deb hisoblanadi. UNI bir soʻz bilan ayting. 2. Aleksandr Gersen shunday yozgan edi: «Ozodlikdan mahrum boʻlgan jamiyatda adabiyot — xalq oʻz gʻazabi va vijdon hayqirigʻini eshittirishga majbur qiladigan yagona UDIR». UNI bir soʻz bilan ayting.