Duplet. Har biri 30 soniyadan muhokama qilinadigan ikkita savol. 1. Aleksandr Makedonskiy bir safar oʻz tansoqchisi Lisimaxdan gʻazablanib, uni SHU ISHNI QILISHGA majbur qilgan. Lisimax faqat ulkan jismoniy kuchi tufayli omon qolgan. “SHU ISHNI QILISH” soʻzlari bilan nimani almashtirdik? 2. Donishmand Kiney shoh Pirrga Rim armiyasiga qoʻshilishni istagan koʻplab koʻngillilar haqida yozgan. Kineyning fikricha, Rim bilan urushish — SHU ISHNI QILISH bilan barobar. “SHU ISHNI QILISH” soʻzlari bilan nimani almashtirdik?