"Reno" firmasi xodimlari zavodlardan kelayotgan old oynalarning 3 foizi singan holda yetib kelishini aniqladilar. Sababi — idishdagi ogohlantiruvchi yozuvlarga qaramay, yuk tashuvchilarning ehtiyotsiz munosabati edi. Firmaning shoshilinch choralaridan soʻng sinish holatlari bir necha barobar kamaydi. Bunda faqat idish (tara) oʻzgartirilgan edi. Qanday qilib?