iqga.me

Blits. Har biriga 20 soniyadan muhokama vaqti beriladigan 3 ta savol, javoblar bitta blankda topshiriladi. 1. «Grinpis» genetik modifikatsiyalangan oltin guruchga qarshi chiqadi, biroq olimlar «Grinpis»ni uzoqni koʻra olmaslikda ayblashdi, chunki kambagʻal tropik mamlakatlarda oltin guruch nimani yengishga yordam beradi? 2. XX asr boshlarida Filippinda xizmat qilgan Edvard Vedder bir nechta kasal chaqaloqlarga ona suti oʻrniga maxsus guruch ekstrakti bergan. Shunday qilib, Vedder nimani yengishga muvaffaq boʻlgan? 3. Portugallar tomonidan Muqaddas Yelena orolining mustamlaka qilinishi va u yerda bogʻlar barpo etilishining sabablaridan biri sifatida nima koʻrsatiladi?

Manba