Blits. Har biriga 20 soniyadan 3 ta savol, javoblar bitta blankada topshiriladi. 1. «Grinpis» genetik oʻzgartirilgan oltin guruchga qarshi chiqmoqda, biroq olimlar «Grinpis»ni uzoqni koʻra bilmaslikda ayblashdi, chunki kambagʻal tropik mamlakatlarda oltin guruch nimanidir yengishga yordam beradi? 2. XX asr boshlarida Filippinda xizmat qilgan Edvard Vedder kasal goʻdaklarga ona sutini bermay, maxsus guruch ekstraktini bergan. Shu tariqa Vedder nimani yengishga muvaffaq boʻlgan? 3. Portugallar tomonidan Avliyo Yelena orolining mustamlaka qilinishi va u yerda bogʻlar barpo etilishining sabablaridan biri sifatida nima koʻrsatiladi?