[Boshlovchiga: izohni albatta oʻqib bering] Blits. Muhokama uchun 20 soniyadan 3 ta savol. Barcha javoblar bitta blankada topshiriladi. 1-savol: Bir versiyaga koʻra, atsteklarning ilon haykali yer usti va yer osti dunyosini anglatadi. Savol matnida biz tushirib qoldirgan soʻzni yozing. 2-savol: Bir stol oʻyini syujetiga koʻra, ishtirokchilar qayiqdan foydalanib, itdan ortga qaramay qochishadi. Savol matnida biz tushirib qoldirgan soʻzni yozing. 3-savol: Bir kitobda fantastik mavjudotlar anatomiyasi tasvirlangan. Masalan, satirning mushagi oyoq-qoʻlning taxminan uchdan bir qismini egallaydi. Savol matnida biz tushirib qoldirgan soʻzni yozing.