gotquestions.online

Blits. Har biri 20 soniyadan muhokama qilinadigan uchta savol. Javoblar bitta blankada topshiriladi. Blitsning birinchi savoli: Qadimgi misrliklarda UNING shaklidagi oʻyin maydoniga ega “mexen” deb nomlangan oʻyin boʻlgan. Taxmin qilinishicha, U boʻlgan maʼlum bir buyum oʻyin maydoni boʻlishi mumkin edi. UNI ayting. Blitsning ikkinchi savoli: Bir versiyaga koʻra, “snob” soʻzi lotincha “sine nobilitate” – “aslzodaliksiz” soʻzlarining qisqartmasidan kelib chiqqan. Boshqa versiyaga koʻra, lotinchadan “USIZ” deb tarjima qilinadigan soʻzlar qisqartmasidan kelib chiqqan. UNI ayting. Blitsning uchinchi savoli: Mashhur asarning rentgen tasvirini tahlil qilib, bir sanʼatshunos ULARNI legoga qiyosladi. Aytish mumkinki, blitsning oldingi savollariga javoblar ham — ULARDIR. ULARNI ikki soʻz bilan ayting.

Manba