Ushbu asarlar qahramonlari hamkasblar boʻlgan va xizmat burchini bajarishda qon toʻkishgan. Birinchi asar matni keng maʼlum, ikkinchi asar matnini esa (u bir hisob-kitobga koʻra birinchisidan roppa-rosa 22 satr qisqa, boshqasiga koʻra esa 32 satr uzunroq) birinchi ikki satrdan tashqari topishingiz amrimahol. Aytgancha, birinchi asar qahramonining familiyasi va ikkinchi asar qahramonining ismi sizga sovet futboli tarixidagi shonli davrlarni eslatishi mumkin. Ushbu durdona asarlar mualliflarini ayting, bunda sizga ularning mahbubalarining ismlari yordam bersin.
Vladimir Mayakovskiy va Nikifor Lyapis-Trubetskoy.