Vladimir Voynovich "Moskva-2042" kitobida eng mashhur rus yozuvchilaridan biri Aleksandr Soljenitsinning laurlariga daʼvogarlik qilayotgan qiyofasini hajviy tarzda tasvirlagan. Mixail Ardov Voynovich bilan suhbatda Soljenitsinning Rossiyaga qaytishi haqida Voynovichnikidan qolishmaydigan ssenariy oʻylab topganini aytadi. Ardovning rejasi boʻyicha, Soljenitsin toʻgʻridan-toʻgʻri chet eldan Astapovoga kelishi, zotiljam bilan kasallanishi, sogʻayishi va... ketishi kerak edi. Aynan qayerga?