Diqqat, qora quti! 2013-yilda Lester universiteti talabalari ba’zi obyektlarning parametrlarini hisoblab chiqishdi, so‘ngra Bernulli tenglamasi yordamida ularni vayron qila oladigan kuchni aniqlashdi. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, buning uchun quyidagi tezliklar kerak edi: birinchi obyekt uchun – 4829, ikkinchisi uchun – 6662, uchinchisi uchun esa – 8301 m/s. Talabalar o‘z hisob-kitoblari uchun ma’lumotlarni qayerdan topishgan bo‘lsa, o‘sha narsa hozir qora quti ichida. Qo‘rqmang, u yerda vahimali narsa yo‘q, faqat savol bor. Qora qutida nima bor?