2004-yil yozida Gollandiya politsiyasi o'z vaqtida to'lanmagan soliqlarni yig'ish bo'yicha juda muvaffaqiyatli operatsiya o'tkazdi. Masalan, nihoyat eng yirik qarzdordan — 18 ming yevrodan ortiq qarzi bo'lgan 51 yoshli Rotterdamlik kishidan pul undirildi. Politsiyachilar u kishi ortiqcha gap-so'zsiz so'ralgan summani, boz ustiga naqd pulda berganidan juda hayron qolishdi. Jami tartib posbonlari 50 ming yig'ishga muvaffaq bo'lishdi, buning uchun Gollandiya politsiyasi ma'lum bir guruh odamlarga chin dildan minnatdorchilik bildirdi. Ushbu guruh "advokati"ning ismini ayting.