Gollandiya Moliya vazirligi yaqinda 1991-1993-yillarda ushbu mamlakat hududida ishlagan 6 million dollar miqdoridagi daromadidan soliq toʻlamagan shaxsni sudga berdi. Keyinchalik bu odam Ispaniyada bir yarim yil ishlab, u yerda 10 million dollardan ortiq daromad topdi. 1994-yil yozida Amerikaga qilgan safari ham unga katta foyda keltirdi va u yerda oʻz mutaxassisligi boʻyicha eng yaxshi deb tan olindi. Hozirda u oʻz vatani Braziliyada tinchgina mehnat qilmoqda. Uni ayting.