"Exo Moskvi" radiosining xabariga koʻra, 2002-yil fevral oyida Latviya seymi latish tilidan shivirlovchi harflarni chiqarib tashlash haqida qaror qabul qilgan. Natijada "sh" oʻrniga endi "s" talaffuz qilinadi. Baʼzilar uchun bu holat juda ogʻriqli boʻlib chiqdi. Yakunda inson huquqlari buzilgani haqida seymga bir-biriga oʻxshash oddiy ruscha familiyaga ega boʻlgan ikki oila shikoyat bilan murojaat qildi, chunki islohotdan soʻng ularning familiyalari noxush eshitiladigan boʻlib qolardi. Ushbu familiyalardan birini ayting.