2001-yil bahori! Avvaliga J. Verdining "Trubadur" operasidan "Vedi le foshe notturne", soʻngra oʻsha Verdining "Navuxodonosor"idan "Va, pensiero" yangradi va shundan keyingina "Aida"dan tanish kuy — opera syujetiga koʻra misrliklar efioplarga qarshi urushga otlangan marsh kuyi yangradi. Ammo tomoshabinlar misrliklarni ham, hatto efioplarni ham koʻrishmadi. Men sizdan ularning kimni koʻrganini soʻramayman. Shunchaki ushbu "tomosha"da ishtirok etgan ikki qirolning kamida bittasini ayting.