Oddiy pazandalik kitobidan olingan taom retseptini tinglang. 200 g margarinni 2 ta tuxum, 1 stakan sut, 50 g xamirturush va 4 stakan un bilan aralashtiring. Yumshoq xamir qorib, uni mato xaltachaga soling va sovuq suvga tushiring. Xamir suv yuziga qalqib chiqqach, uni boʻlaklarga boʻlib, shakarga bulang va pishiring. Agar bu taomning nomi Anton Pavlovich Chexovning asarlaridan birining nomi bilan bir xil boʻlsa, bu taom qanday ataladi?