XIX asrning 20-yillarida Saratov guberniyasida pochta stansiyalari uylari qurilib, pochta yoʻllari oʻtkazilgan. Bu yoʻllar tuproq uyumlari bilan uchta qismga ajratilgan edi. Pochta va yoʻlovchi ekipajlari uchun oʻrta yoʻlak moʻljallangan. Chetki yoʻlaklardan biri yuk aravalari (obozlar) uchun ajratilgan. Uchinchi yoʻlak nima uchun (aniqrogʻi, kimlar uchun) moʻljallangan edi?