[Nolinchi savol] Diqqat, homiydan savol! Bir taxminga koʻra, oʻtgan asrning 20-yillari oxirida bir yozuvchi boshqasiga sartaroshxonada koʻrgan reklama plakati haqida gapirib bergan. Plakatdagi birinchi soʻz "odekolon", oxirgisi esa "gigiyena" boʻlgan. Ushbu plakatdagi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi soʻzlarni yozing.