gotquestions.online

Blits. Har biri uchun 20 soniya muhokama vaqti beriladigan uchta savol, ularning javoblari bir xil tugaydi. 1. Gʻalati boʻlsa-da, aynan shu familiyali inson intervyusida Irlandiya terma jamoasida oʻynashni hech qachon yoqtirmaganini tan olgan. Ushbu familiyani yozing. 2. Gʻalati boʻlsa-da, aynan shu familiyali inson oʻn ikki yil davomida Uels terma jamoasida oʻynagan va sakkiz yil davomida uni boshqargan – biroq UEFA kubogini «Tottenxem» tarkibida yutgan. Ushbu familiyani yozing. 3. Gʻalati boʻlsa-da, aynan shu familiyali inson Trinidad va Tobago terma jamoasida oʻynagan – biroq «Sent-Jonston» va «Dandi Yunayted» klublarida ham toʻp surgan. Ushbu familiyani yozing.

Manba