Blits. Uchta savol. Har uchala savol jamoalarga birdaniga oʻqib eshittiriladi. Muhokama uchun 60 soniya vaqt beriladi. 1. Koʻp tillarda bogʻlanish yoki aloqani anglatuvchi uch harfli prefiksni (old qoʻshimchani) yozing. 2. Shaxmatchi Arnold Denker oʻz hamkasbi haqida gapirganda, unda yetishmaydigan yagona narsa — buldogning tish-tirnogʻi bilan yopishib olish xususiyati ekanligini aytgan. Ushbu hamkasbining toʻrt harfli familiyasini yozing. 3. 1983/1984-yilgi mavsumdagi UEFA kubogining birinchi raundida UNING qoʻl ostidagi jamoa dastlab oʻz maydonida 1:1 hisobida durang oʻynadi, soʻngra safarda 1:0 hisobida gʻalaba qozonib, oʻz darvozasini tom maʼnoda “sementlab” tashladi. UNING toʻrt harfli familiyasini yozing.