Superblits! Har biri 20 soniyalik muhokamadan iborat uchta savol! Akuninning yangi romanida qahramonga mas'uliyatli vazifani bajarishdan oldin bir nechta yordamchilar jamoasidan birini tanlash taklif etiladi. 1. Birinchisi — "Samuraylar". Sota — qadimiy urug'dan, qo'rqmas, shafqatsiz; qat'iy tamoyillar egasi, buning ustiga ayollarni yomon ko'radi. Simara — IQ darajasi yuqori, sovuq qurollarni a'lo darajada egallagan, ma'shuqalarini tez-tez almashtiradi, iste'fodan keyin monastirga ketmoqchi. Sotrop — fenomenal kuchga ega, ammo sodda va haddan tashqari gapdon. Ular aslida qaysi yozuvchining qahramonlari bo'lib chiqadi? 2. Ikkinchi jamoa — "Sehrgarlar". Analitik Ali Sharts — aqli yuzta ignadek o'tkir, shu bilan birga davralar fayzi. Texnik mutaxassis Kes O'Vord — hissiyotga berilmaydi, irodasi esa temirdek. Vel deb ataladigan "kuch egasi" asabiylikka moyil, ammo jangda tengsiz. Muallif bunday hamrohlar bilan qaysi shaharga borishni maslahat beradi? 3. Uchinchi jamoa — "Artistlar". Rok Vovye — psixologik manipulyatsiya ustasi, masxaraboz va zaharxanda. Tomek Egbot — mohir gipnozchi, qiyofasini o'zgartirish qobiliyatiga ega, ammo yumshoq va itoatkor. Lazlo Yeza — "nol aksiyalari" bo'yicha professional, haqiqiy o'lim mashinasi. Ular bilan yaqinroq tanishish uchun qaysi romanni qayta o'qish tavsiya etiladi?
1. Dyuma. 2. Zumrad shaharga. 3. "Usta va Margarita".