Blits. Har biriga 20 soniyadan muhokama vaqti beriladigan uchta savol. 1. 1942-yil yozida Sana daryosi atrofida xorvatlar va ularning ittifoqchilari yigirma mingga yaqin serb aholisini o'ldirishgan. Ushbu voqealar xotirasiga Rodolyub Vulovich «BUNDAY daryo» qo'shig'ini yozgan. Qanday? 2. Ptixiya – Birinchi jahon urushi paytida serb armiyasi gospitali tashkil etilgan kichik orol. Vafot etgan askarlar dafn etilgan joy «BUNDAY qabr» laqabini olgan. Qanday? 3. O'rta yer geografiyasini tasvirlab, Tolkin Minas Tiridning joylashuvi taxminan Bolqon poytaxtlaridan biriga mos kelishini ko'rsatgan. Minas Tiridning laqabi – «BUNDAY shahar». Qanday?