Blits. Har biri 20 soniyalik muhokamadan iborat uchta savol. 1. Bir versiyaga koʻra, Tibra daryosining sovuq suvlariga tashlangan U kuylashda davom etgan. Atoqli otdan foydalanib, UNI ikki soʻz bilan ayting. 2. Avstraliyalik qaynoq tulpor Far Lepning BU aʼzosi oʻz turdoshlarinikidan deyarli ikki baravar katta. BUNI ayting. 3. Dyupyuitren kontrakturasiga chalingan bemorni, sodda qilib aytganda, NOʻNOQ deb atash mumkin. Biz qaysi frazeologizmni NOʻNOQ soʻzi bilan almashtirdik?
1. Orfeyning boshi 2. Yurak 3. Qoʻli egri (Qoʻli qingʻir)