gotquestions.online

Hozir maʼlum bir adabiy shakl haqida savol. Qoida tariqasida, unga tegishli asarlar ancha qisqa boʻladi. Undan foydalanishning keng tarqalgan maqsadlari — shifrlash, bagʻishlov, topishmoq. Masalan, bir jurnalist uning yordamida senzura cheklovlarini chetlab oʻtgan. Keyinchalik Nabokov oʻz hikoyasining oxirgi xatboshisida ushbu shaklga murojaat qilgan. Buning sharofati bilan hikoya diqqatli oʻquvchi uchun yangi maʼno kasb etadi. Biroq, koʻpincha oʻquvchilar bu maxsus shakl ekanligini tushunmaydilar ham. Bilimdonlar, albatta, bunday xatoga yoʻl qoʻymasliklari kerak. Bu shakl qanday nomlanadi?

Manba