Duplet. Har biriga 30 soniyadan muhokama vaqti beriladigan 2 ta savol. 1. Aksariyat hayvonlarning hayoti davomidagi umumiy yurak urishlar soni taxminan bir xil. Barri Evans bunga bagʻishlangan maqolasida hayoti yo voqealarga boy va qisqa, yoki zerikarli va uzoq boʻlishi bashorat qilingan qahramonni tilga oladi. Ushbu qahramonni ayting. 2. Birinchi savolda gap kim haqida ketayotganini tezda anglab yetdingiz deb umid qilamiz. Endi esa yuragi daqiqasiga taxminan olti marta uradigan hayvonni ayting.