BOSHLOVCHIGA: jamoalar eʼtiborini qoʻshtirnoq va bosh harflarga qaratmang. Duplet savol. Har biri uchun 30 soniyadan 2 ta savol. 1) Mark Bouen yozishicha, anʼanaga koʻra, uzoq qishlash kunlarining birida “Amundsen-Skott” stansiyasi xodimlari “Narsa” (The Thing) nomli qiziqarli filmni tomosha qilish uchun yigʻilishadi. Ushbu savol matniga qaysi soʻzni qoʻshdik? 2) Mark Bouen yozishicha, anʼanaga koʻra, uzoq qishlash kunlarining birida “Amundsen-Skott” stansiyasi xodimlari qutb “Yogʻdusi”ni (The Aurora) tomosha qilish uchun yigʻilishadi. Ushbu savol matniga qaysi soʻzni qoʻshdik?