1996-yil oktabr oyida Harvard universitetida Ignobel mukofotlarini (ignoble — sharmandali soʻzidan) topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Ignobel qoʻmitasi 1996-yil uchun tabiiy va gumanitar fanlar boʻyicha "ishlatilishi mumkin boʻlmagan yoki ishlatilmasligi kerak boʻlgan yutuqlar uchun" laureatlar nomini eʼlon qildi. Masalan, fizika boʻyicha mukofot Aston universiteti (Angliya) xodimi Robert Metyuzga Merfi qonunini oʻrgangani, shuningdek, buterbrod nima uchun aynan sariyogʻ surtilgan tomoni bilan pastga tushishini ilmiy asoslab bergani uchun berildi. Ignobel tinchlik mukofotining berilishiga esa 1996-yilda "butun dunyo Xirosimaning 50 yilligini nishonlagani" ham sabab boʻldi. Ushbu mukofot laureati kim boʻldi?