Siz ehtimol eng foydasiz kashfiyotlar va gʻalati ilmiy tadqiqotlar uchun beriladigan "Ignobel mukofoti" (Shnobel mukofoti) haqida bilsangiz kerak. Masalan, 1998-yilda fizika sohasida ushbu mukofotni shaxsiy baxtga erishish uchun kvant fizikasini qoʻllash haqidagi taʼlimot muallifi Dipak Chopra qoʻlga kiritgan; 1994-yilda esa fantast-yozuvchi Ron Xabbard, uning "Dianetika" kitobi insoniyatning maʼlum bir qismiga katta daromad keltirgan. 1997-yilda esa iqtisodiyot sohasida mukofotni Akihiro Yokoi va Aki Maita dunyoni millionlab inson-soatlarini... nimaga sarflashga majbur qilgani uchun olishgan?
Tamagochi boqishga (shunchaki tamagochi ham qabul qilinadi).