1995-yilda “Atlantis” STS-71 kemasi “Mir” stantsiyasiga tutashtiriladi. Ushbu kemada stansiyada avvaldan ishlab kelayotgan ekipaj Yerga qaytishi kerak edi. Biroq, soʻnggi daqiqalarda kosmonavtlar Vladimir Dejurov va Gennadiy Strekalovda AQSh vizasi yoʻqligi maʼlum boʻldi. AQSh Davlat departamenti astronavtlarni mamlakatga kiritish uchun immigratsiya toʻgʻrisidagi qonunga maxsus band kiritishadi. Unga koʻra, Dejurov va Strekalov AQShga "SHUNDAY musofirlar" sifatida olib kelinadi. Savol: Osmondan olib boʻlsa ham SHUNDAY soʻzi bilan almashgan bir xil harf bilan boshlangan ikki soʻzni yozib bering.