Yandeksning Kosmonavtika kuniga bag‘ishlangan otkritkasida oy sirtida Amerika bayrog‘i bilan yugurayotgan astronavt tasvirlangan, ammo uning yoniga Sovet lunoxodi kelganidan so‘ng, tushkunlikka tushgan astronavt yerga o‘tirib qoladi. Lunoxodda SSSR yozuvidan tashqari yana uchta so‘z bor, ulardan biri atoqli ot. Ushbu uchta so‘zni ayting.