Afsonaga koʻra, hammasi qahvadan, aniqrogʻi 1991-yilda Kembrijdagi qahva qaynatgichdan boshlangan. Hammasiga uning umumiy ekanligi (kimdir qahva quyardi, kimdir ichib qoʻyardi) sabab boʻlgan. Oʻshandan beri bu butun dunyoga: Eyfel minorasiga ham, Fudziyamaga ham, hatto hojatxona va saunalarga ham tarqaldi. Buning sharofati bilan kollej talabasi Jennifer Ripli Amerikadagi eng mashhur ayollardan biriga aylandi. Ushbu narsaning prototipi tasvirlangan kitobni va uning muallifini ayting.