Buyuk Britaniyada ushbu o'yinning ko'p asrlik tarixi nashr etildi. Titul varag'ida muallifning ismi ko'rsatilgan: Kennilvorsi Visp. 1994-yilda navbatdagi jahon chempionati bo'lib o'tdi, birinchi chempionat esa 1473-yilga borib taqaladi. Endi esa diqqat, intervyudan iqtibos: "Men buni qanday ko'rinishini ko'rishni juda xohlardim. Nazariyani-ku mendan yaxshi hech kim bilmaydi, lekin xayolda tasavvur qilish va hammasi aslida qanday sodir bo'lishini ko'rish — katta farq". Iqtibos tugadi. Men hozir kimning so'zlarini keltirdim?