1986-yilda XXR Tashqi ishlar vaziri Syan Sichen yangi sovet elchisi Oleg Troyanovskiy sharafiga tantanali tushlik berdi. Suhbat davomida Syan Sichen suhbatdoshiga bir necha yildan beri Xitoyga Moskvadan birorta ham yuqori martabali mehmon rasmiy tashrif bilan kelmaganini, vaholanki oxirgi 4 yilning oʻzida Syan Sichenning oʻzi sovet poytaxtiga uch marta borganini aytib oʻpkaladi. Bunga javoban Troyanovskiy ancha qaltis hazil qilib, bu holat tushunarli ekanini, chunki Xitoyda bu vaqt ichida ancha kam... Nima boʻlganini aytdi?