1982-yilda maʼlum bir Leopoldo Galtieri Xorxe Luis Borxes "ikki kalning taroq ustidagi jangi" deb atagan voqeani boshladi. Bu voqea "Pink Floyd" guruhidan Rojer Uotersni bir qator qoʻshiqlar yozishga undadi, natijada "Pink Floyd" uchun Sovet Ittifoqi eshiklari 1988-yilgacha yopildi. Sababi, qoʻshiqlardan birida Brejnevning ismi maʼlum bir geosiyosiy obʼyekt bilan bogʻliq holda, Galtierining ismi esa maʼlum bir milliy ramz bilan bogʻliq holda tilga olingan edi. Oʻsha obʼyektni ayting.
Afgʻoniston. "Pink Floyd" shunday kuylagan: "Brezhnev took Afganistan, Begin took Beirut, Galtiery took the Union Jack...". Ikki kalning taroq ustidagi jangi — Folklend urushi.