1982-yilda Leopoldo Galtieri shunday bir ishni boshladiki, uni Xorxe Luis Borxes "ikki kalning taroq talashib urishishi" deb atadi. Bu voqea "Pink Floyd" guruhidan Rojer Uotersni bir qator qoʻshiqlar yozishga undadi, bu esa "Pink Floyd" uchun Sovet Ittifoqi eshiklarini 1988-yilgacha yopib qoʻydi. Sababi, qoʻshiqlardan birida Brejnevning ismi maʼlum bir geosiyosiy obyekt bilan, Galtierining ismi esa maʼlum bir milliy ramz bilan bogʻliq holda tilga olingan edi. Ushbu obyektni ayting.